Atamboyev: qozoq milliarderlari Qozog‘iston va Nazarboyev haqida emas, o‘z kelajagi haqida o‘ylamoqda

Jahon 13:09 / 18.10.2017 24269

So‘nggi yillarda Qozog‘istonning harakati Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqini qulatishga yo‘naltirildi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev 18 oktabr kuni «Ala-Archa» davlat qarorgohida prezident stipendiantlari oldida ma'lum qildi.

Atamboyevning ta'kidlashicha, prezident Nazarboyevning atrofidagi shaxslar – bu oligarxlar, qozoq milliarderlari bo‘lib, ular Qozog‘iston va Nazarboyev haqida emas, balki o‘z kelajagi haqida o‘ylamoqda. «Sababi G‘arbdagi barcha banklarda o‘zlarining milliardlab mablag‘lar bo‘lgan hisoblari bor, ular AQSh valyuta tizimi orqali nazorat qilinadi. Ularda hozir bitta vazifa: Qog‘ozistonda hukumat o‘zgarganda o‘zlari bilan yaxshi munosabatda bo‘lishlari uchun harakat qilish», - deya ma'lum qildi u.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘istonda oligarx hukumatning vazifasi umuman boshqa.

«So‘nggi qaror – Qozog‘istonda kirilldan lotin alifbosiga o‘tish bekorga qabul qilinmadi. Bu Rossiyadan uzoqlashish. Bu Qozog‘iston va AQSh dengiz-piyoda qo‘shinlarining Rossiya bilan chegaradagi qo‘shma mashqlari. Bugun shuni ko‘rmoqdamizki, Qozog‘istonning harakatlari bugun emas, balki so‘nggi bir necha yil davomida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqini qulatishga yo‘naltirilgan bo‘lgan. Qirg‘izistondagi saylovlar Qozog‘iston oligarxlari va Davlat departamentining Qirg‘izistondagi ta'sir ko‘rsatish agentlari, mablag‘ oluvchi barcha NNT – hammasi birlashganini aniq ko‘rsatib berdi», - deya ta'kidlab o‘tdi Atamboyev.

Ko‘proq yangiliklar: