AQShning eng badavlat odamlarining yangi ro‘yxati chop etildi

Jamiyat 08:22 / 18.10.2017 27656

AQShning Forbes jurnali eng boy 400 amerikalikning 2017 yilgi ro‘xatini chop etdi. Yangi reytingdan o‘rin olgan eng omadsiz kishi AQSh prezidenti Donald Tramp bo‘ldi. Sababi, u bir yil ichida 600 mln dollar yo‘qotib, davlati 3,1 mlrd dollarni tashkil qilgan. Tramp bu ko‘rsatkich bilan ro‘yxatda 248-o‘rinni egalladi.

Eng boy amerikalik esa yana Microsoft asoschisi Bill Geyts bo‘ldi. Bir yil ichida uning davlati 8 mlrd dollarga ko‘payib, 89 mlrd dollarga yetgan. 2-o‘rinni Amazon internet-giganti va Blue Origin aerokoinot kompaniyasi asoschisi Jyeff Bezos egalladi, uning boyligi bir yil ichida 14,5 mlrd dollarga ko‘paygan. Yetakchi uchlikni sarmoyachi va Berkshire Hathaway bosh direktori Uorren Baffett yakunlamoqda, uning boyligi bir yil ichida 12,5 mlrd dollarga ko‘payib, 78 mlrd dollarga yetgan.  

Yetakchi beshlikdan Facebook asoschisi Mark Tsukerberg (o‘sish 15,5 mlrd dollar, umumiy davlat 71 mlrd dollar) va Oracle kompaniyasi direktorlar kengashi raisi va hamasoschisi  Larri Elison (o‘sish 9,7 mlrd dollar, umumiy davlat 59 mlrd dollar) ham o‘rin olishdi.

Ushbu ro‘yxatga kirish chegarasi 2017 yilda rekord miqdordagi 2 mlrd dollarga yetdi. Shuningdek, AQShning eng boy 400 kishisining umumiy boyligi ham rekord miqdorga yetdi, bu qiymat 2,7 trln dollarni tashkil qildi. Ro‘yxatdagi o‘rtacha boylik miqdori 6,7 mlrd dollarni tashkil qildi. 

Reytingning eng yosh vakili Snapchat dasturining hamasoschisi, 27 yoshli Evan Shpigel bo‘ldi, uning davlati 3,1 mlrd dollarga baholandi. Eng keksa milliarder esa 94 yoshli developer Aleks Spanos (2,4 mlrd dollar) bo‘ldi. Eng boy ayol Walmart savdo tarmog‘i egalaridan biri Elis Uolton bo‘ldi. U 38,2 mlrd dollarlik boylik bilan ro‘yxatdan 13-o‘rin oldi.

Nashrning ta'kidlashicha, rekord qiymatlar o‘rnatilishiga sabab kuchli fond bozori bo‘lgan, u 2017 yilda bir necha rekord qiymatlarni o‘rnatdi. Jurnal buning isboti sifatida S&P 500 indeksi o‘sishini misol qilib keltirdi, uning qiymati Forbes’ning avvalgi nashri chop etilgan vaqtdan beri 17 foizga o‘sgan. 

Ko‘proq yangiliklar: