Abituriyentni oliygohga o‘qishga joylashni va'da qilib 6 ming dollar olgan firibgarlar ushlandi

Jamiyat 17:21 / 18.10.2017 10739

Toshkent avtomobil va yo‘llar institutiga o‘qishga joylashtirib qo‘yishni va'da qilib, 6.000 AQSh dollarini olib, o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan firibgarlar qo‘lga olindi, deb xabar berdi KUN.UZ’ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi.

Mirzo Ulug‘bek tumanida Mirzo Ulug‘bek tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari sohaviy xizmat xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent avtomobil va yo‘llar institutiga o‘qishga joylashtirib qo‘yishni va'da qilib, 6.000 AQSh dollarini olib, o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan shaxslar qo‘lga olindi.

17 oktabr kuni M.Ulug‘bek tumanida 1970 yilda tug‘ilgan, Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, A.Temur ko‘chasi 11-uyda yashovchi X.U. va 1974 yilda tug‘ilgan, muqaddam 2017 yil 17iyulda O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 2-qismi, 28, 211-moddalari 2-qqismi bilan sudlangan, TTZ 1-7-uyda yashovchi N.S.lar TTZ 1-5 uyi oldida, 1972 yilda tug‘ilgan, Toshkent viloyati, Chirchiq shahri 1-kichik daha 43-uyda yashovchi M.N.ning o‘g‘li 1992 yilda tug‘ilgan A.A.ni Toshkent avtomobil va yo‘llar institutiga o‘qishga joylashtirib qo‘yishni va'da qilib, 6.000 AQSh dollarini olib, o‘z ehtiyojiga sarflab yuborganligi aniqlanib, ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIB tomonidan fuqarolar X.U. va N.S.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Shuningdek, Uchtepa tumanida Uchtepa tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari sohaviy xizmat xodimlari bilan hamkorlikda «VAZ-2106» avtoulovini olib qochgan shaxs qo‘lga olingan. IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berishicha, Uchtepa tumanida 10 oktabr kuni soat 22.30dan 11 oktabr kuni soat 08.00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida, noma'lum shaxs, Chilonzor 15-14 uyi old tomonida joylashgan avtoulovlar turargohida qarovsiz qoldirilgan, 1982 yilda tug‘ilgan, Chilonzor 15-9-A-uyda yashovchi X.A.ga tegishli «VAZ-2106» avtoulovini noma'lum tomonga boshqarib, voqea joyidan yashiringan edi.

Olib borilgan tezkor tadbir davomida, ushbu jinoyatni, 1992 yilda tug‘ilgan., muqaddam 2012 yilda Chilonzor tumani sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi hamda 228-moddasi 1-qismi, Mirobod tumani sudi tomonidan 2014 yilda O‘zbekiston Respublikasi JKning 267-moddasi 2-qismi, 169-moddasi 3-qismi, 227-moddasi 2-qismi bilan sudlangan, A.Mariy 2-tor ko‘chasida yashovchi X.D. tomonidan sodir etilganligi aniqlanib, ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIB tomonidan fuqaro X.D.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘proq yangiliklar: