JCh-2018 saralashi, pley-offga qur'asi. Italiya Shvetsiyaga qarshi va boshqa juftliklar

Sport 17:15 / 17.10.2017 18079

Rossiyada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati saralashining Yevropadagi pley-off bosqichi uchun qur'a tashlanadi. 

Qur'adan oldin FIFA 8ta terma jamoani 2ta savatchaga ajratgan edi. Birinchi savatchadan Italiya, Xorvatiya, Shveytsariya va Daniya terma jamoalari joy olgan bo‘lsa, Shimoliy Irlandiya, Shvetsiya, Irlandiya va Gretsiya 2-savatchaga joylashtirildi.

Tsyurix shahrida telejurnalist Vanessa Happenkazen va afsonaviy futbolchi Fernando Yyerro tomonidan o‘tkazilgan qur'a natijalari quyidagicha bo‘ldi:

Shimoliy Irlandiya - Shveytsariya
Xorvatiya - Gretsiya
Daniya - Irlandiya
Shvetsiya - Italiya

Pley-off bahslari 9-11 noyabr hamda 12-14 noyabr kunlariga rejalashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: