O‘rta yer dengizida Tunis harbiy kemasi va muhojirlar qayig‘i to‘qnashib ketgan, qurbonlar bor

Jamiyat 09:37 / 17.10.2017 3719

O‘rta yer dengizida Tunis harbiy kemasi va muhojirlar ketayotgan qayiq to‘qnashib ketishi oqibatida kamida 34 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Tunis mudofaa vazirligi vakili Belhassan Uslatiyga iqtibos keltirgan holda Tunis Afrique Presse nashri xabar berdi.

Ta'kidlanishicha, voqea 8 oktabrda yuz bergan. O‘shanda 38 kishini qutqarib qolishga muvaffaq bo‘lingan. Kuni-kecha qutqaruvchilar yana 16 jasadni aniqlashdi. Shundan keyin halok bo‘lganlar soni 34 kishiga yetgan.

Odamlar qidirilishi davom etmoqda. Tunis ushbu holat yuzasidan tergov boshlagan. 

Ko‘proq yangiliklar: