Tasdiqlanmadi va inkor etilmadi. O‘FF Ro‘ziqul Berdiyev nomzodi bo‘yicha xabar berdi

Sport 18:25 / 17.10.2017 22782

O‘zbekiston Futbol Federatsiya matbuot xizmati «Nasaf» bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev O‘zbekiston milliy terma jamoasiga vaqtincha bosh murabbiy etib tayinlangani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. 

«O‘zbekiston Futbol Federatsiya murabbiy Ro‘ziqul Berdiyev bo‘yicha matbuotda paydo bo‘lgan xabarlardan kelib chiqqan holda quyidagilarni ma'lum qiladi.

Ayni paytda O‘zbekiston Futbol Federatsiyasining prezidenti Umid Ahmadjonov rasmiy safar bilan Qatarda bo‘lib turibdi. Ro‘ziqul Berdiyev bilan bog‘liq OAVda paydo bo‘lgan xabarlarga esa prezidentning safaridan keyin o‘tkaziladigan O‘FF rahbariyatning navbatdagi majlisida aniqlik kiritiladi», deyilgan xabarda.

Bundan oldinroq matbuotda xorijdan mutaxassis topilguniga qadar Ro‘ziqul Berdiyev terma jamoani boshqarib turishi, u terma jamoani noyabr oyida bo‘lib o‘tishi kutilayotgan o‘rtoqlik uchrashuvlariga tayyorlashi haqida xabarlar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: