Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf duosi bilan ish boshlagan Muslimaat.uz sayti 10 yoshda!

O‘zbekiston 00:05 / 17.10.2017 38163

«Hilol nashr» nashriyotining majlislar zalida Muslimaat.uz ayol-qizlar saytining 10 yoshi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirga bir qancha diniy tashkilotlar vakillari, xorijlik mehmonlar tashrif buyurishdi. Bu haqda tadbirda ishtirok etgan KUN.UZ muxbiri xabar beradi.

Tadbirni Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining farzandi, «Hilol-nashr» nashriyot-matbaa uyining noshiri Ismoil Muhammad Yusuf ochib berdi.

«Hilol-nashr» nashriyot-matbaasining noshiri Ismoil Muhammad Yusuf

10 yillik bayram shodiyonasi davomida yig‘ilgan mehmonlarga Muslimaat.uz saytining bugungi kundagi faoliyati, uning ilk tashkil etilgan kunidan boshlab, bugungacha amalga oshirgan ishlari haqida batafsil ma'lumot berildi hamda ushbu xayrli ishlarning boshida turgan Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf va boshqa fidoyi xodimlar haqqiga duoi xayrlar qilindi. Shuningdek, sayt faoliyatini yorituvchi she'rlar, video-roliklar hamda tabrik so‘zlari ham namoyish etildi.

Foto: Muslimaat.uz

Kechada juda ko‘plab aziz mehmonlar so‘zga chiqishdi. Jumladan, Muslimaat.uz saytining asosiy tashkilotchisi va rahbari olima Odinaxon Muhammad Yusuf ayol-qizlarning jamiyat taraqqiyotidagi roli va alohida o‘rni haqida ta'kidlab o‘tdi. Sayt rahbari muslima qizlar uchun ilm-ma'rifat, diniy saboq ulashayotgan Muslimaat.uz rivojiga o‘z hissasini qo‘shgan barcha xodimlarga, hamkor tashkilotlarga  o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Foto: Muslimaat.uz
Foto: Muslimaat.uz

Shuningdek, tadbirda bosh muftiy Usmonxon Alimovning rafiqasi Adolat Alimova, Toshkent shahri bosh otinoyisi Dilbar Otaboyeva, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining umr yo‘ldoshi — Fotima Ismoil Maxdum qizi, Rossiya Federatsiyasidan tashrif buyurgan mehmon — «Al-Vasatiya» Islom ilmiy-ma'rifiy markazining xodimasi Natalya Bariyeva hamda boshqa ishtirokchilar nutq so‘zlab, sayt xodimlarini muborakbod etdilar.

Toshkent shahri bosh otinoyisi Dilbar Otaboyeva
«Al-Vasatiya» Islom ilmiy-ma'rifiy markazining xodimasi Natalya Bariyeva
Ko‘proq yangiliklar: