Saakashvili mitingi munosabati bilan Kiyevning markaziy ko‘chalari yopildi

Jahon 13:19 / 17.10.2017 11307

Ukraina poytaxti markazida qator ko‘chalar erta tongdan boshlab yopiladi, deb xabar qilmoqda «112 Ukraina» telekanali.

Xususan, Kiyevning Grushevskiy, Institut, Lipskaya ko‘chalarining belgilangan qismlari yopiladi. 

Bundan tashqari, Lyuteran, Kruglouniversitet, Gorodetskiy, Shelkovichnoy va Krepostnoy ko‘chalari to‘liq yopiladi. 

Ukraina prezidenti ma'muriyatining axborot siyosati bosh departamentining ma'lumotlariga ko‘ra, Kiyev markazining yopilishi Malta prezidenti Mari-Luiza Koleyro Prekining Ukrainaga kelishi bilan bog‘liq. 

Biroq 17 oktabr kunlari Kiyevda Odessa viloyati sobiq gubernatori Mixail Saakashvili rahbarligida namoyishlar o‘tkaziladi, unda Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko impichmentiga erishish ko‘zlanmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: