Rossiya mudofaa vaziri Suriyadagi amaliyot yakuniga yetib qolganini ma'lum qildi

Jahon 12:31 / 17.10.2017 6841

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning dushanba kuni Isroil harbiy mahkamasi rahbari Avigdor Liberman bilan uchrashuvda ma'lum qilishicha, Suriyadagi harbiy amaliyot o‘z yakuniga yetib qolgan, tezkor yechimini kutayotgan bir necha masala bor.

«Suriya bilan bog‘liq bo‘lgan barcha narsani alohida muhokama qilishni istardik. U yerda amaliyot yakunish arafasida. Shoshilinch yechimlarga ehtiyoj bo‘lgan va Suriyadagi vaziyat istiqbollarini muhokama qilishni talab qiladigan bir necha masala bor», - deya uning so‘zlarini keltiradi «Interfaks».

U ko‘plab savollar to‘planib qolgani hamda bugungi kunda muhokama qilishga mavzular yetarli ekanini ta'kidlab o‘tdi.

«Bizning harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorligimiz masalalaridan tashqari, albatta, asosiy masala - terrorizmga qarshi kurash va mintaqadagi vaziyatdir», - dedi Shoygu.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning qaroriga ko‘ra, 15 martdan Suriyadan Rossiya havo guruhining bir qismini olib chiqish boshlandi, sababi RF Mudofaa vazirligiga yuklangan vazifa bajarildi. Shu bilan birga, Putinning ma'lum qilishicha, Rossiya qurolli kuchlarining Tartus va Xmeymim hududlarida joylashgan punktlari avvalgi rejimda ishlaydi va ular yerdan, dengizdan hamda havodan ishonchli tarzda himoya qilinishi kerak.

Ko‘proq yangiliklar: