Rossiya MSK raisi: Navalniy 2028 yildan so‘ng o‘z nomzodini bemalol qo‘yishi mumkin

Jahon 15:36 / 17.10.2017 9663

Rossiya Markaziy saylov komissiyasi raisi Ella Pamfilovaning ma'lum qilishicha, Aleksey Navalniy saylovlarda 2028 yildan so‘ng ishtirok etishi mumkin.

«Janob Navalniyga, u yosh, istiqbolli siyosatchi, unda barcha imkoniyatlar bor... mana oradan bu o‘n yillik muddat o‘tsin, taxminan 2028 yilda plyus besh oydan so‘ng u o‘z nomzodini bemalol qo‘yishi mumkin», - deya Pamfilovaning so‘zlarini keltiradi TASS.

Rossiya MSK raisi so‘zlariga ko‘ra, u bu muddat yakuniga yetgach o‘z nomzodini saylovlarga qo‘yishi mumkin. «Ko‘chalardagi bosim bilan emas, balki maqsadlari bilan prezident lavozimiga loyiqligini isbotlasin», - deya qo‘shimcha qilib o‘tgan Ella Pamfilova.

Shu bilan birga, uning ta'kidlashicha, Navalniy tarafdorlari unda hozirgi vaqtda o‘z nomzodini ilgari surish huquqi borligi haqida yolg‘on ma'lumotlarni tarqatishmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: