Rivojlanayotgan Yevropa va Markaziy Osiyoning eng yaxshi universitetlari ma'lum qilindi

Jahon 10:38 / 17.10.2017 32831

Nufuzli QS xalqaro agentligi «Rivojlanayotgan Yevropa va Markaziy Osiyo» (QS Emerging Europe and Central Asia) QS reytingini e'lon qildi.

Ro‘yxatda O‘zbekistonning bironta ham oliy ta'lim muassasasi yo‘q.

Qozog‘iston OTMlari orasidagi eng yaxshi natijani Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston milliy universiteti qayd etdi – 10-o‘rin. Reytingning 121-pog‘onasidan esa Qirg‘izistondagi Markaziy Osiyo Amerika universiteti joy oldi. Boku davlat universiteti 95-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Belarus davlat universiteti 21-pog‘onada joylashdi. Ukrainadagi Taras Shevchenko nomidagi Kiyev davlat universiteti 34-o‘rindan joy oldi.

Rivojlanayotgan Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari oliy ta'lim muassasalari reytingida birinchi o‘rinni Rossiyaning M.Lomonosov nomidagi MDU egalladi. Ikkinchi pog‘onada Novosibirsk davlat universiteti joylashgan bo‘lsa, kuchli uchlikni Estoniyadagi Tartu universiteti yakunlab berdi.

QS Emerging Europe and Central Asia har yilgi reytingi universitetlarni sakkizta turli ko‘rsatkich bo‘yicha baholash asosida tuziladi. Bunda universitetning onlaynda borligi va PhD darajasi bo‘yicha malakaga ega xodimlar ulushi ham hisobga olinadi.

Ko‘proq yangiliklar: