Nigeriyada jangarilar hujumidan 30 ga yaqin qochqin halok bo‘ldi

Jamiyat 08:46 / 17.10.2017 2506

Afrikaning Nigeriya davlatida noma'lum kimsalardan iborat guruh ichki ko‘chgan kishilaar lageriga hujum qildi. Buning oqibatida 29 nafar tinch aholi vakili qurbon bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Channel Television.

Qayd etilishicha, hodisa Plato shtatidagi mahalliy boshlang‘ich maktab binosida sodir etilgan. 

Telekanal ma'lumotlarga ko‘ra, xavfsizlik xizmati xodimlari bino ichkarisida bo‘lishgan, biroq ular qotillikni bartaraf eta olmagan. 

Plato shtati gubernatori Simon Lalong xavfsizlik xizmatlari hamda hokimiyat rahbarlari ishtirokida majlis o‘tkazib, barham topmayotgan hujumlar va muammoni hal etish yo‘llarini muhokama qilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: