Imomali Rahmon Jeenbekovni tabrikladi

Jahon 12:19 / 17.10.2017 7087

Tojikiston Respublikasi prezidenti Imomali Rahmon seshanba kuni Qirg‘izistonning saylangan prezidenti Sooronbay Jeenbekovga tabrik yo‘lladi. Bu haqda Tojikiston rahbarining matbuot xizmati xabar qildi.

Xabar berilishicha, tabrik maktubida, xususan, shunday deyiladi: «Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti oliy lavozimiga saylanganingiz bilan Sizga o‘zimning samimiy tabriklarimni yo‘llashdan mamnunman.

Qirg‘iziston xalqi Sizning davlat faoliyatingizga o‘z xohish-irodasi bilan yuqori darajada ishonch bildirdi.

Tojikiston va Qirg‘izistonni uzoq tarixga ega bo‘lgan do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari birlashtirib turadi.

Biz Sizni Tojikiston va Qirg‘izistonning ko‘p qirrali munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning izchil tarafdori sifatida bilamiz.

Tojikiston-Qirg‘iziston o‘zaro hamkorligining butun kompleksini yanada kengaytirish va chuqurlashtirishdan manfaatdor bo‘lgan holda, ishonchim komilki, biz qo‘shma sa'y-harakatlar orqali mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni ikki xalqning farovonligi uchun sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqa olamiz.

Men sizga, hurmatli Sooronbay Sharipovich, yaxshi sog‘lik, baxt va yangi muvaffaqiyatlar, do‘stona Qirg‘izistonga – tinchlik, barqarorlik va taraqqiyot tilayman».

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yakshanba kuni Qirg‘izistonda davlat rahbari saylovi o‘tkazildi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, unda hukmron partiyadan nomzod Sooronbay Jeenbekov g‘alaba qozondi. 

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Sooranbay Jeenbekovni tabriklagani xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: