Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, qabul qilish qoidalariga qo‘shimchalar kiritildi

O‘zbekiston 08:27 / 17.10.2017 8561

O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017 yil 13 oktabrdagi buyrug‘i bilan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 23 avgustdagi PQ-1602-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014 yil 28 fevraldagi 53-mh-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi va Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritadi.

Huquqiy targ‘ibot va axborot boshqarmasi mazkur idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” – “Sobraniye zakonodatelstva Respublika Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilinishini ta'minlashi belgilab qo‘yildi.

Mazkur buyruq rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kirdi.

Ko‘proq yangiliklar: