Fanlarni belgilangan muddatda o‘zlashtira olmagan talabalar tegishli kursda qoldiriladi

O‘zbekiston 08:51 / 17.10.2017 15577

O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining 2017 yil 28 avgustdagi buyrug‘i bilan oliy ta'lim to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Xususan, Nizomning 2-bandidagi “oliy ta'lim dasturlari, shakllantiriladi” so‘zlarini “oliy ta'lim fan o‘quv rejalari va dasturlari, hamda shakllantiriladi” so‘zlari bilan almashtirildi.

10-,13- va 38-banddagi “ta'lim dasturlari” so‘zlari “fanlar o‘quv rejalari va dasturlari” so‘zlari bilan almashtirildi. 9-, 23-, 27- va 36-banddagi “ta'lim dasturlari” so‘zlari “fanlar o‘quv rejalari va dasturlari” so‘zlari bilan almashtirildi.

15-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tarkibida kadrlar tayyorlash sifati ustidan nazorat bo‘yicha boshqaruv, pedagogik kadrlar hamda ta'lim muassasalari attestatsiyasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirildi. 

16-band quyidagi tahrirda bayon etildi: “16. Oliy ta'lim muassalari attestatsiyasi va davlat akkreditatsiyasi, ularning idoraviy bo‘ysunishi va tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat'i nazar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan o‘tkaziladi”.

46-bandning ikkinchi xat boshi quyidagi tahrirda bayon etildi: “Fanlarni belgilangan muddatda o‘zlashtira olmagan talabalar (akademik qarzdorlar) oliy ta'lim muassasasi rektori buyrug‘i asosida tegishli kursda qoldiriladi”.

Ko‘proq yangiliklar: