Yevropada aholisi eng nochor yashovchi davlatlar qaysilar ekanligi ma'lum qilindi

Jahon 22:55 / 17.10.2017 21018

Yevropalik sotsiologlarning ta'kidlashicha, Litva, Gretsiya, Ruminiya va Bolgariya aholisining ancha katta qismi  nochorlikda kun ko‘rmoqda. Vaholanki, Yevropa bo‘yicha ushbu ko‘rsatkich 23,4 foizni tashkil qiladi. Chop etilgan ro‘yxatga ko‘ra, Litvada 30,1 foiz aholi, Gretsiyada 35,6 foiz, Ruminiyada 38,8 foiz va Bolgariyada 40,4 foiz aholi nochorlikda yashamoqda. 

Yevropa Ittifoqiga kiruvchi 28 ta davlatning har birida nochorlik darajasi maoshi butun Yevropa bo‘ylab o‘rtacha oylikning 60 foizdan kamrog‘ini tashkil qiluvchi aholi daromadlari bo‘yicha aniqlangan. Litvada 2016 yilda o‘rtacha maosh 637 yevroni tashkil qilgan.  

Shuningdek, go‘sht, baliq va boshqa oqsilga boy yegulikning juda bo‘lmasa 2 kunda bir marta yeyilishi hisobga olingan. Yevrostat xodimlari shuningdek YeI aholisining uyidan uzoqda bir hafta ta'til olishi imkoniyati, oilada avtomobil, kir yuvish mashinasi, rangli televizor va telefon borligini ham e'tiborga olishgan.

2016 yilda Litva ko‘rsatkichlari bir odamga bir oyga 282 yevro va ikki katta odam va ikki nafar 14 yoshga to‘lmagan boladan iborat bir oilaga 593 yevro hisobidan aniqlashtirilgan. Litvada 2,8 mln dan kamroq odam yashashi hisobga olinsa, bu davlatda deyarli bir million aholi nochor yashashi aniqlangan.

Litva aholining kam ta'minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 2016 yilda davlat byudjyetining deyarli 12 foizini sarflagan. Biroq Litva bu ko‘rsatkich bo‘yicha ham Yevropa Ittifoqi davlatlari o‘rtasida ortda qolmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: