Eski hammom eski tos 2. O‘FF Ro‘ziqul Berdiyev nomzodida to‘xtadi

Sport 16:30 / 17.10.2017 27450

Ro‘ziqul Berdiyev O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan. Bu haqda bir vaqtda championat.asia va sports.uz saytlari xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, Joriy yil O‘zbekiston milliy terma jamoasi oldida jiddiy o‘yinlar yo‘qligi bois O‘zbekiston futbol federatsiyasi Ro‘ziqul Berdiyev nomzodida to‘xtalgan.

Endi ushbu mutaxassis shu yilning noyabrida BAA yoki Qatar terma jamoalaridan biriga qarshi o‘tkaziladigan o‘rtoqlik uchrashuviga terma jamoani tayyorlaydi.

Eslatib o‘tamiz, JCh-2018 saralash bosqichidagi muvaffaqiyatsiz ishtirok sabab O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabi iste'foga chiqarilgan edi.

Umid Ahmadjonov: «15-20 kunda terma jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlanadi»

Sentyabr oyida O‘FFning yangi rahbariyati terma jamoa boshqaruviga xorijlik murabbiy olib kelinishi haqida ma'lum qilgandi.

PFLda yana eski tog‘orami? 

Ko‘proq yangiliklar: