Eyfel minorasi Somalidagi terakt qurbonlari xotirasiga chiroqlarini o‘chirdi

Jamiyat 09:00 / 17.10.2017 6360

Fransiya poytaxti Parij shahridagi dunyoga mashhur Eyfel minorasining chiroqlari Mogadishodagi qo‘poruvchilik qurbonlari xotirasini yod etish munosabati bilan o‘chirildi. Somali poytaxtidagi teraktda 300 dan ortiq inson hayot bilan vidolashgan edi. Bu haqda ABC News Twitter sahifasida ma'lum qilgan

Avvalroq, Mogadishodagi jinoyatda jarohat olganlar ham 300 dan ortgani xabar qilingan edi. 

Eslatib o‘tamiz, 14 oktabr kuni Mogadishoda portlovchi moddalar to‘ldirilgan yuk mashinasi portlatilgan. U mamlakat tarixidagi eng yirigi bo‘ldi. Respublika prezidenti Muhammad Abdulloh Muhammad mamlakatda 3 kunlik motam e'lon qildi. 

Ko‘proq yangiliklar: