YeI Shimoliy Koreyaga qarshi sanksiyalarni buzuvchi davlatlarga bosim o‘tkazadi

Jahon 07:51 / 17.10.2017 9140

Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlar tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari BMT Xavfsizlik kengashining Shimoliy Koreyaga qarshi kiritgan sanksiyalarining 25 ta davlat tomondan bajarilishini ta'minlash uchun ularga diplomatik bosim o‘tkazishni muvofiqlashtirishmoqchi. Bu haqda YeI diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini ma'lum qildi. 

16 oktabrda Shimoliy Koreya atrofidagi vaziyatning muhokamasi natijalariga ko‘ra YeI kengashi "vazirlar BMTga a'zo barcha davlatlar bilan BMT Xavfsizlik kengashining barcha rezolyutsiyalarini qat'iyan bajarishni faol ilgari surishga kelishib olganlarini" ma'lum qildi. 

"Gar birinchi navbatda YeIga a'zo davlatlarning birgalikdagi harakatlari haqida ketmoqda. Adashmasam, bu hafta oxiridan biz chora ko‘radigan 25 ta davlat bor", deb aytgan Mogerini jurnalistlarga.

"Biz bu choralar natijalarga olib kelishiga umid qilamiz", deb qo‘shimcha qilgan diplomat.

Mogerini gap xususan Angola, Vetnam, Kongo, Kamboja, Fiji va Eritreya kabi davlatlar haqida ketayotganini ma'lum qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: