Diplomat: Koreya yarim orolidagi yadro urushi istalgan vaqtda boshlanishi mumkin

Jahon 08:33 / 17.10.2017 10131

Koreya yarim orolidagi vaziyat Qo‘shma Shtatlarning harakatlari sababli eng jiddiy holatga kelib qoldi va istalgan vaqtda mintaqada yadro urushi boshlanishi mumkin. KXDRning BMTdagi doimiy vakili o‘rinbosari Kim In Ryon Bosh Assambleya 1-qo‘mitasining majlisida shunday bayonot berdi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, hech bir mamlakat “AQShning Shimoliy Koreya uchragan bevosita va keskin yadro tahdidiga to‘qnash kelmagan”. Shunga ko‘ra, Pxenyan bu vaziyatda o‘zini mudofaa qilishga to‘la haqlidir. “AQShning quruqlik qismi bizning raketalarimiz yeta oladigan masofada joylashgan. Agar AQSh bizning muqaddas zaminimizga bir dyum kirishga uringan taqdirda ham ular Yer yuzining biror burchagida bizning o‘ch olishimizdan qutilib qolmaydi”- deya ta'kidlagan Kim In Ryon. 

Uning yodga olishicha, AQSh 1957 yilda J.Koreyaga yadro qurolini keltirgan. Bundan tashqari, 40 yildan beri strategik qurollardan foydalangan holda yirik harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazib keladi. Shu yilning mart-aprel oylaridagi mashg‘ulotlarda 300 mingdan ortiq harbiy xizmatchilar qatnashdi. 

Ko‘proq yangiliklar: