«Beshiktosh» muxlislaridan stadionga kelmaslikni so‘radi

Sport 17:00 / 17.10.2017 9971

Turkiyaning «Beshiktosh» klubi o‘z fanatlaridan Chempionlar ligasining navbatdagi turida Fransiyaning «Monako» klubiga qarshi kechadigan o‘yinga bormaslikni so‘radi.

G guruhidagi ushbu uchrashuv seshanba oqshomida Monako shahrida bo‘lib o‘tadi. «Beshiktosh» tvitterida muxlislarga turk, ingliz, fransuz va nemis tillarida murojaat qilingan. Unda UYeFA taqiqiga sabab bo‘luvchi harakatlar sodir etmasliklari uchun muxlislardan stadionga bormay qo‘yaqolish so‘ralgan.

L'Equipe nashri xabariga ko‘ra, Monako knyazligida ham turkiyalik muxlislar harakati taqiqlangan.

Shu yilning aprel oyida Yevropa Ligasi doirasida «Lion» va «Beshiktosh» klublari o‘rtasidagi uchrashuv vaqtida ommaviy tartibsizliklar kelib chiqqandi. Natijada, UYeFA ikki klubni ham shartli ravishda yevrokuboklardan chetlashtirgandi. Shuningdek, klublarga moliyaviy jarimalar qo‘llangan.

Ko‘proq yangiliklar: