Barcha notariuslarga legallashtirish talab etiladigan hujjatlarni shahodatlash huquqi berildi

O‘zbekiston 22:19 / 17.10.2017 6718

Bugungi kunga qadar chet elda amal qilishga mo‘ljallangan qonuniylashtirish (legallashtirish) talab etiladigan hujjatlarni shahodatlash faqatgina muayyan notariuslar tomonidan amalga oshirilib kelinmoqda edi.

Endilikda fuqarolar chet elda amal qilishga mo‘ljallangan qonuniylashtirish (legallashtirish) talab etiladigan hujjatlarni shahodatlash masalasida o‘zlari uchun qulay bo‘lgan notarial idoraga murojaat etishlari mumkin, deb yozadi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi rasmiy veb sahifasi

Mazkur o‘zgartirishlar davlat xizmatlarini ko‘rsatishda aholiga qulay sharoitlar yaratish, fuqarolarga tezkor va sifatli huquqiy xizmat ko‘rsatishga qaratilgan.

Ko‘proq yangiliklar: