Assanj Maltada o‘ldirilgan jurnalistning "qotillari" haqidagi ma'lumot uchun 20 ming yevro va'da qildi

Jahon 14:02 / 17.10.2017 8222

WikiLeaks asoschisi Julian Assanj 16 oktabr kuni mashinasi portlab ketgan maltalik jurnalist Dafna Karuana Galitsiyaning "qotillari" haqidagi ma'lumot uchun 20 ming yevro taklif qildi. Bu haqida u o‘zining Twitter sahifasida ma'lum qildi. 

"Jurnalist va bloger Dafna Karauna Galitsiyaning kechqurun o‘z uyi yaqinida mashinaga o‘rnatilgan bomba natijasida portlab ketganini bilgach, hayron bo‘ldim. Uning qotillarini topishga yordam beruvchi ma'lumot uchun 20 ming yevro mukofot puli beraman", - deb yozilgan Assanjning postida. 

Times of Malta nashridagi manbaning aytishicha, Galitsiyaning Peugeot 108 avtomobili kuchli portlash natijasida yo‘ldan tashqariga chiqib ketgan, uning bo‘laklari esa atrofga sochilib ketgan. Voqea marhuma yashagan Bidniza shahri yaqinida sodir bo‘lgan.

Portlashga nima sabab bo‘lgani hozircha noma'lum. Nashrda ta'kidlanishicha, jurnalist o‘limidan 15 kun avval unga qilinayotgan tahdidlardan arz qilib, politsiyaga murojaat qilgan. Malta bosh vaziri Jozef Muskat voqeani "johillar hujumi" deb atagan. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, Galitsiya Maltadagi korrupsiyani o‘rganish bilan shug‘ullangan. Izlanishlari yakuniga ko‘ra, u "Panama hujjatlari"da Malta bosh vaziri haqidagi ma'lumotlarni chop etgan.

Ko‘proq yangiliklar: