Afg‘onistonda birdaniga ikkita portlash, qurbonlar ko‘p

Jahon 16:45 / 17.10.2017 9824

Afg‘oniston sharqidagi Gardez shahrida birdaniga ikkita portlash yuz berdi, hodisalar oqibatida 32 kishi halok bo‘ldi, taxminan 200 inson jarohatlandi. Bu haqda AFP xabar bermoqda.

TOLOnews agentligining aniqlik kiritishicha, portlashlar politsiya boshqarmasi yonida sodir bo‘lgan.

Ta'kidlanishicha, jangarilar minalashtirilgan avtomobilni portlatishgan hamda boshqarma yonidagi politsiya akademiyasi binosiga bostirib kirishgan.

Ayni damda jangarilar va xavfsizlik idoralari xodimlari o‘rtasida to‘qnashuvlar davom etayotgani aytilmoqda.

«Tolibon» harakati ro‘y bergan hodisa uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga oldi.

 

Ko‘proq yangiliklar: