Jyenevadagi auksionda dunyodagi eng yirik pushti olmos sotuvga qo‘yiladi

Jahon 14:40 / 16.10.2017 8103

15 noyabr kuni Jyenevada Sotheby's savdolari o‘tkaziladi, undagi lotlar orasida dunyodagi eng katta pushti olmos ham bo‘ladi, deya xabar beradi auksion uyi veb-sayti.

Janubiy Afrikada 2015 yilda topilgan olmosning og‘irligi 37,3 qirot keladi.

37 qirotli qimmatbaho tosh 20 dan 30 million dollargacha bo‘lgan qiymatda sotilishi mumkin.

Auktsion uyining eslatishicha, 2010 yil noyabr oyida Graff Pink 46,2 million dollarga sotilgandi. 24.78 qirot og‘irlikdagi Graff Pink Raj Pink’dan uch barobarga kichikroq va ancha och rangga ega bo‘lgan, deya ta'kidlab o‘tishgan auksion uyi vakillari.

 

Ko‘proq yangiliklar: