Janubiy koreyalik vazir «aqlli shahar» qurilishini muhokama etish uchun Toshkentga keladi

O‘zbekiston 19:20 / 16.10.2017 28572

Janubiy Koreya Yer, infratuzilma va transport vaziri Kim Hyun Mi keyingi haftada Eron, Turkiya va O‘zbekistonga amaliy tashrif uyushtiradi.

Yer, infratuzilma va transport vazirligi rasmiy vakilining Koreya matbuotiga ma'lum qilishicha, Kim xonim boshchiligidagi hukumat hamda nodavlat biznes vakillaridan iborat delegatsiya belgilangan manzillarda mahalliy hamkasblar bilan hamkorlikning yangi imkoniyatlarini muhokama etadi.

O‘zbekistonda shunday masalalardan biri - Toshkentda qurilishi rejalashtirilayotgan «smart-city» (aqlli shahar) loyihasi hamda Islom Karimov Toshkent xalqaro aeroportining qiyofasini o‘zgartirish bo‘lib, Janubiy Koreya delegatsiyasi koreys kompaniyalari tomonidan qurilayotgan ikkita gaz zavodini ham ko‘zdan kechiradi.

Eslatib o‘tamiz, 2016 yili Janubiy Koreyaning Lotte Chemical Corp. sarmoyasi bilan O‘zbekistonning shimol-g‘arbida barpo etilgan, umumiy qiymati 3,9 milliard dollarga teng gaz-kimyo kompleksi foydalanishga topshirilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: