Janubiy Koreya KXDR tahdidlari bilan kurashning yangi rejasini ko‘rib chiqmoqda

Jahon 14:05 / 16.10.2017 11883

Janubiy Koreya shtablar boshliqlari qo‘mitasi raisi general Chon Gyon Duning xabar berishicha, Seul Shimoliy Koreya tahdidlari bilan kurashishga qaratilgan yangi harakatlar rejasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda «Interfaks» xabar berdi.

«Biz Shimoliy Koreya tomonidan yangi tahdidlar fonida qo‘shimcha harakatlar rejasini ko‘rib chiqmoqdamiz. U vaziyatni, jumladan bizning harbiy imkoniyatlarimizni qayta ko‘rib chiqishga asoslangan», - dedi u.

Ta'kidlanishicha, gap AQShning KXDR ehtimoliy tajovuzkorligi va fitnalarini "bosib turish" bo‘yicha amaldagi rejasidan farqli bo‘lgan boshqa narsa haqida ketmoqda.

Harbiy boshliqning mamlakat parlamenti oldida qilgan chiqishida aytishicha, Seul Vashington bilan bu yo‘nalish bo‘yicha ishlarni davom ettirish niyatida.

Ko‘proq yangiliklar: