O‘zbekistonda havo harorati keskin sovishi kutilmoqda

O‘zbekiston 12:20 / 16.10.2017 65595

18 oktabrdan O‘zbekistonda havo haroratining keskin sovishi, yomg‘ir yog‘ishi va shamol tezligining kuchayishi kutilmoqda. Bu haqda UZ24 xabar yozgan.

«O‘zgidromet» markazi ma'lumotlariga ko‘ra, 18 oktabr kuni havo harorati kunduzi o‘rtacha +12…+17, kechasi — +9…+14 darajagacha tushadi. 19–20 oktabr kunlari harorat +15…+20, kechasi +5…+10 darajaga yetadi.

Chorshanba kuni respublika bo‘ylab yog‘ingarchiliklar va kuchli shamol kuzatiladi. Shamol tezligi 15–20 m/s gacha kuchayadi.

Ko‘proq yangiliklar: