Tojikistonda voyaga yetmagan farzandlarini turmush qurishga majburlagan ota-onalar jazoga tortildi

Jamiyat 11:00 / 16.10.2017 21005

Tojikistonning Xatlon viloyati Yavan tumani sudi o‘zlarining voyaga etmagan farzandlarini oila qurishga majburlagan to‘rt fuqaroga hukm chiqardi.

Er-xotin S.Sharipov va D.Abdulloyeva, ularning o‘g‘li U.Sharipov hamda voyaga yetmagan kelinning onasi N.Sa'diyeva 2016 yilning oktabr oyida voyaga yetmagan bolalarni atayin turmushga qurishga majburlashgani uchun jazoga tortildi, deb xabar bermoqda Tojikiston Bosh prokuraturasi matbuot markazi. 

«Ota-onalar FHDYo organlarida nikohni qayd ettirmasdan, islom bo‘yicha nikoh o‘qitish orqali o‘zlarining farzandlari - 17 yoshli U.Sharipov va 16 yoshli N.Rahimovani uylab qo‘yishgan. Ota-onalar bu holat uchun ish haqidan 20 foiz ushlab qolgan holda bir yilga axloq tuzatish ishlariga mahkum qilindi. Kuyov esa 140 soatlik majburiy ishlarga jalb etiladi», - deya xabar bergan Bosh prokuratura.

Tojikistonda 2011 yilning 1 yanvaridan respublika Oila kodeksiga o‘zgartirishlar kiritildi. Ularga ko‘ra, qizlar uchun nikoh yoshi 17 dan 18 yoshga o‘zgartirildi.

Ushbu o‘zgartirishlar 2010 yil 21 iyulda prezident Imomali Rahmon tomonidan tasdiqlandi. Bunga qadar respublikada qizlar uchun oila qurish 17 yoshdan belgilangandi, alohida holatlarda esa 16 yoshda ham turmushga chiqishga ruxsat berilgan.

Ko‘proq yangiliklar: