«TashkentPlaza» Tashqi savdo vazirligi boshqaruviga o‘tmoqda

O‘zbekiston 23:30 / 16.10.2017 13075

16 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi faoliyati samaradorligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3326 sonli qarori qabul qilindi. Qaror matni Prezidentning rasmiy saytida e'lon qilindi.

Qaror davlatning yagona investitsiya siyosatini amalga oshirilishini ta'minlash, respublika iqtisodiy salohiyati va biznes yuritish uchun qulay shart-sharoitlar xususida xorijiy investorlarga keng ma'lumot berish uchun xalqaro seminarlar, konferensiyalar, yirik investitsion forumlar tashkillashtirish yo‘li bilan xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni kengaytirish maqsadida qabul qilingani ta'kidlangan.

Qarorga ko‘ra, «Xalqaro Hamkorlik markazi» AJ va «Interservis» xo‘jalik hisobidagi respublika tashqi savdo birlashmasi Davlat korxonasi O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo vazirligi tuzilmasidan O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tuzilmasiga o‘tkazish haqidagi idoralarning taklifi ma'qullangan.

Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasi 1076-uy manzilida joylashgan «TashkentPlaza» savdo markazi «Xalqaro Hamkorlik Markazi» AJ balansidan O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo vazirligining «O‘zsanoateksport» AJ balansiga o‘tkaziladi.

«Xalqaro Hamkorlik Markazi» AJning Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi «Chimyon» qishloq fuqrolar yig‘ini hududida joylashgan dam olish zonasi O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo vazirligining «O‘ztreyd» AJ balansiga o‘tkaziladi.

«Xalqaro Hamkorlik Markazi» AJning nizom jamg‘armasidagi aksiyalar paketining davlat ulushi uchun aksiyadorlik funksiyalari, shuningdek, «Interservis» XRTSB DK moliyaviy faoliyati ustidan nazorat hamda vositalarining butunligi va maqsadli ishlatilishini ta'minlash funksiyasi O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.

Ko‘proq yangiliklar: