Somalida qurbonlar soni 300 kishidan oshib ketdi

Jahon 13:55 / 16.10.2017 13109

Somali poytaxti Mogadishoda ro‘y bergan portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 300 kishidan oshdi, deb xabar bermoqda Reuters tez yordam xizmati rahbari Abduqodir Abdurahmonning bayonotiga asosan.

«Biz shuni tasdiqlashimiz mumkinki, portlash natijasida 300 kishi halok bo‘ldi. Qurbonlar soni yana ortadi, sababi ba'zi kishilar hamon bedarak yo‘qolgan, deb hisoblanmoqda», - dedi u.

Avvalroq Somalidagi terakt qurbonlari soni 276 nafarga yetgani xabar berilgandi.

14 oktabr kuni Mogadishoda portlovchi qurilma bo‘lgan yuk mashinasi portlatildi. Terakt mamlakat tarixidagi eng yirikka aylandi, respublika prezidenti Muhammad Abdullohi Muhammad Somalida uch kunlik motam e'lon qildi.

 

Ko‘proq yangiliklar: