Sergelida qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jinoyati sodir bo‘ldi

Jamiyat 14:20 / 16.10.2017 9738

2017 yilning 11 oktabr kuni taxminan soat 23:30 larda, R.Ya. mast holatda, Sergeli tumani hududida fuqaro S.D. bilan o‘rtalarida kelib chiqqan janjal oqibatida, unga oshxona pichog‘i bilan og‘ir tan jarohati yetkazgan. Natijada S.D. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib borilib, unga "chap taraf qorin sohasiga teshib kiruvchi sanchilgan-kesilgan jarohati” tashxisi qo‘yilgan. 

Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: