Ramzan Qodirov shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari​ning qabrini ziyorat qildi

O‘zbekiston 16:10 / 16.10.2017 98524

Chechenistonning birinchi prezidenti, Rossiya qahramoni Ahmad hoji Qodirovning o‘g‘li, amaldagi Checheniston prezidenti Ramzan Qodirov Toshkentdagi otasining ustozi shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari abadiy qo‘nim topgan maskanni ziyorat qildi.

Ahmad hoji Qodirov 1980 yillarda Toshkent islom oliy ma'hadida o‘qib, fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlaridan bevosita tahsil olgan va umrining oxirigacha sodiq shogirdlardan bo‘lib qolgan edi.

Kun.uz manbasining ma'lum qilishicha, Ramzan Qodirov O‘zbekistonga tashrifi davomida Buxoro va Samarqanddagi qadimiy ziyoratgohlarga ham tashrif buyurib, o‘zbek-chechen iqtisodiy hamkorlik masalalarini muhokamasiga o‘tadi.

 

Ko‘proq yangiliklar: