Putin KXDRga nisbatan sanksiyalar joriy etdi

Jahon 19:00 / 16.10.2017 28824

Rossiya prezidenti Vladimir Putin KXDRga nisbatan qator cheklovlar qo‘llanilishi haqida so‘z borgan farmonni imzoladi. Farmon matni huquqiy axborot rasmiy portalida e'lon qilingan.

Hujjat matnida ko‘rsatilishicha, u BMT Xavfsizlik Kengashining 2016 yil 31 noyabrdagi 2321-son rezolyutsiyasi qabul qilingani tufayli imzolangan.

Ushbu farmon bilan Shimoliy Koreyaga nisbatan joriy etilayotgan cheklovlarni bu davlat raketa-yadro sinovlarini o‘tkazganiga javoban qo‘llash haqida qaror qabul qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: