Keyingi yilda test​ sinovlari 15 kun davomida o‘tkazilishi kutilmoqda

O‘zbekiston 13:00 / 16.10.2017 65933

2018/2019 o‘quv yilida test jarayoni 15 kun davomida o‘tkaziladi va uning javoblari imtihon yakunlangan kundan keyingi kunda chiqadi. Bu haqda «Yoshlar» telekanaliga Davlat test markazi direktori Majid Karimov intervyu bergan.

«Test sinovlari shaffof va haqqoniy o‘tishini ta'minlash maqsadida ushbu tizimni takomillashtirish hamda abituriyentlar, ota-onalarga yengilliklar tug‘dirish maqsadida mavjud tizimni isloh qilish talab etildi. Bu bo‘yicha hozirda katta ishlar olib borilyapti. Ya'ni, yangi 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab, test jarayonini bir kunda emas, 15 kun davomida o‘tkazish, test materiallarini abituriyentlarning o‘ziga berish, natijasini esa imtihonning ertasiga e'lon qilish vazifalari qo‘yilgan. Shuningdek, test jarayonini katta pavilon, sport majmualarida o‘tkazish, oshkoralikni ta'minlash uchun videokuzatuv hamda onlayn translyatsiyalarni tashkil qilish vazifalari ham qo‘yilgan», - deydi DTM rahbari.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilda davlat qabul imtihonlari turli ko‘rinishda, jumladan ekspo-ko‘rgazmalar pavilonida ham tashkil etildi. Ammo, test natijalari e'lon qilingach, bir nechta universitetlarda imtihonlarning shaffof o‘tganini shubhada qoldiruvchi dalillar paydo bo‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: