Kanadalik olimlar po‘lat kabi mustahkam beton yaratishdi

Jahon 21:40 / 16.10.2017 13213

Vankuverdagi Britaniya Kolumbiyasi universiteti olimlari seysmik faol hamda dovul va quyunlardan aziyat chekuvchi hududlar aholisiga yordam berishning usulini topdilar. Ular binoning tashqi karkasini po‘latdan ishlangandek mustahkam qiladigan ishonchli va ekologik toza beton yaratishdi. Bu haqda Kanadaning Metro News nashri xabar bermoqda. 

Material "ekologik toza bolg‘alanuvchi sement kompozit" (EDCC) deb nom olgan va uchuuvchan kul deb ataluvchi sanoatdagi chiqindi material – ma'danlar aralashmasidan olingan yonilg‘ining yonishi vaqtida vujudga keladigan changdan tarkib topgan. Yangi beton oddiy betonga nisbatan pishiq va  egiluvchandir. Ushbu beton Vankuverdagi maktablardan birida sinovdan o‘tkazilgan. Olimlar betonni maktab beton devorlari ustiga 10 mm qalinlikda sepib chiqishgan. So‘ngra ular 9 ballik zilzilani modellashtirishgan.   

"Sinov natijalari ajoyib bo‘ldi. Biz devorni silkitishimiz mumkin, u esa buzilmaydi. 10 mm qalinlikdagi beton ko‘plab ichki devorlarni seysmik faollik holatiga mustahkamlash uchun yetarli bo‘ladi", deb aytmoqda olimlardan biri Salmon Suloymoni-Dashtakiy.

Ixtirochilarning aytishicha, endi maktab binosi qachondir sodir bo‘lgan eng kuchli zilzila kuchidagi zilzilaga ham bardosh bera oladi. Gap esa 2001 yilda Yaponiyaning Toxoku shahrida yuz bergan zilzila haqida ketmoqda. O‘shanda zilzila kuchi 9,1 ballni tashkil qilgan.

Muhandislarning aytishicha, zilzila vaqtida beton oddiy beton kabi bo‘laklanib ketmay, balki metall kabi egilib, uzayishi mumkin.

Beton Kanadada sotuvga chiqarilgan va mutaxassislar fikricha, katta talabga ega bo‘ladi. Yangi kompozitni sepib chiqish inshootlarni zilziladan himoya qilish uchun po‘lat gardishlarni qo‘yishdan nafliroqdir.

Ta'kidlanishicha, bu texnologiyani ko‘plab obektlarga qo‘llash mumkin. Chunki u modernizatsiyalashning boshqa istalgan usulidan ikki marta arzonroq turadi. 

Endi yangi material Hindistondagi maktabda qo‘llab ko‘riladi. Chunki  loyihani moliyalashtirishda Hindistonning  IC-IMPACTS tadqiqot  markazi ham qatnashgan.

Ko‘proq yangiliklar: