«Inter» Ikardining het-triki yordamida Milan derbisida g‘alaba qozondi

Sport 08:24 / 16.10.2017 6356

«Inter» Italiya chempionatining 8-turi doirasidagi uchrashuvda «Milan»ni qabul qildi. «San-Siro» stadionida kechgan bahs nominal mezbonlarning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

G‘olib jamoa safida hujumchi Mauro Ikardi het-trik qayd etdi. Shu bilan birga, u o‘zining uchinchi va bellashuvdagi hal qiluvchi golni 90-daqiqada penaltidan kiritdi. «Milan» tarkibida esa forvard Suso hamda xavbek Jakomo Bonaventura o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Shu tariqa, neradzurrilar Italiya chempionatining sakkiz o‘yinida yettinchi g‘alabani qo‘lga kiritishdi, «Milan» esa ketma-ket uchinchi o‘yinda mag‘lub bo‘ldi.

«Inter» (22 ochko) A Seriya turnir jadvalining ikkinchi o‘rnidan joy olgan bo‘lsa, «Milan» (12) to‘qqizinchi pog‘onada.

Italiya chempionati
8-tur

Inter – Milan 3:2 (1:0, 2:2)
Gollar: 1:0 – 28 Ikardi, 1:1 – 56 Suso, 2:1 – 63 Ikardi, 2:2 – 81 Bonaventura, 3:2 – 90, penalti Ikardi.
Inter – Xandanovich, D`Ambrozio, Shkrinyar, Miranda, Nagatomo, Vesino, Galyardini, Kandreva (Joau Kanselu, 73), Valero (Eder, 85), Perishich, Ikardi (Santon, 90).
Milan – Donnarumma, Musakko, Bonuchchi, Romanoli (Lokatelli, 78), Borini, Kessie (Kutrone, 46), Bigliya, Bonaventura, Rodriges, Suso, Andre Silva.
Ogohlantirishlar: Miranda (15), Romanoli (22), Vesino (25), Galyardini (66), Perishich (79), Rodriges (89), Ikardi (90), Eder (90).

Ko‘proq yangiliklar: