Ahmad Shahid “Jasliq” qamoqxonasiga tashrifi tafsilotlari bilan o‘rtoqlashdi

O‘zbekiston 11:10 / 16.10.2017 77294

O‘zbekiston hukumati taklifi bilan mamlakatga kelib, din va e'tiqod erkinligi bilan bog‘liq vaziyatni o‘rgangan BMT maxsus ma'ruzachisi Ahmad Shahid Qoraqalpog‘istondagi “Jasliq” qamoqxonasini ham borib ko‘rganini ma'lum qildi. Uning yozishicha, qamoqxona ma'muriyat u yerda 700 mahbus saqlanayotganini bildirgan. 

“Men bir necha mahbus bilan maxfiy ravishda ham gaplashishga muvaffaq bo‘ldim. Qamoqxona boshlig‘ining tushuntirishicha, mahbuslar ichki tartib, qoida va jadvalni buzmasa, diniy ibodatlarni bajarishlari mumkin. O‘zim guvoh bo‘lgan narsadan kelib chiqsak, mahbuslar, ayniqsa diniy ekstremizmda ayblanib qamalganlarning reabilitatsiyasi uchun sezilarli sa'y-harakatlar qilinmoqda. Ularning ayrimlariga koloniyada o‘zlarini yaxshi tutganlari va chin dildan afsus qilganlari tufayli muddatidan avval qamoqdan chiqish yoki amnistiya bo‘lish imkoni taqdim etilgan. Shunga qaramay, menga aytishlaricha, ularning ko‘pchiligi 1 yildan 3 yilgacha qo‘shimcha muddatni o‘tashmoqda. Bunga sabab JKning 221-moddasi alomatlarini sodir etishdir. Ayrim hollarda qo‘shib berilgan muddatlar sud tayinlagan muddatdan ham ortib ketgan”, - deb yozgan Shahid.  

Uning so‘zlariga ko‘ra, qamoqxonalar boshqarmasi diniy ibodatlarni bajarishga maxsus ruxsat berilmasligini Konstitutsiyaning dunyoviyligi bilan izohlagan. Uning aniqlashicha, Ramazon oyida ro‘za tutishni istagan mahbuslar ayrim taomlar yoki yaqinlari olib kelgan yeguliklarning ba'zilarini saqlab qo‘yishlari mumkin bo‘lgan. Ammo qamoqxona ma'muriyati ularni qo‘shimcha saharlik ovqat bilan ta'minlamagan. Musulmon mahbuslar qamoqxona ichki tartibi doirasida ibodat qilishi mumkin. Bundan tashqari, amru ma'ruf qilishlari uchun imomlar yoki diniy tashkilotlar vakillari taklif etilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: