Abdulaziz Komilovga yangi yordamchi tayinlandi

O‘zbekiston 13:15 / 16.10.2017 17268

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining yangi yordamchisi Eldiyor Toshmatov o‘z vazifasini ijro etishga kirishdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bergan.

Qayd etilishicha, Toshmatov 2017 yilning 16 oktabr kuni bu lavozimda ish boshlagan.

TIV xabarida ta'kidlanishicha, u ilgari Tashqi ishlar vazirligining Yevropa mamlakatlari va NATO bilan hamkorlik boshqarmasida ishlagan.

Vazirlik saytidagi ma'lumotga ko‘ra, Abdulaziz Komilovning ayni damda to‘rt nafar o‘rinbosari bor. Shu bilan birga, vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimi hozircha bo‘sh.

Ko‘proq yangiliklar: