«7 KUN»: Mirziyoyevning Sochiga safari, Ahmad Shahid xulosalari, Ufada chiriyotgan o‘zbek mashinalari Kun.uz muhokamasida

O‘zbekiston 09:30 / 16.10.2017 27629

KUN.UZ sayti jurnalistlari tomonidan mamlakatimiz va jahonda ro‘y bergan eng muhim va ahamiyatga molik voqea-hodisalar tahliliga bag‘ishlangan ko‘rsatuv e’tiboringizga havola etib borilmoqda. «7 KUN» loyihasining navbatdagi soni ham an’anaviy tarzda jurnalistlar Xurshid Daliyev va Alisher Ro‘zioxunov tomonidan olib borilgan.

Haftaning eng muhim yangiliklaridan biri — Rossiyaning Sochi shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlat rahbarlarining sammiti bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi din va e’tiqod erkinligi masalasi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Ahmad Shahid O‘zbekistonda din va e’tiqod erkinligi borasidagi hozirgi vaziyat haqidagi fikrlarini bildirdi. Shuningdek u Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilindi.

Ko‘rsatuvda muhokama etilgan qolgan mavzular quyidagilardan iborat:

  • Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev elektr energiyasi va tabiiy gaz bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi
  • Qo‘shimcha kontrakt asosida oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga qabul qilingan o‘quvchilar  uchun o‘qish qachon boshlanishi rasman e’lon qilindi
  • Ravon Rossiya avtobozorida 445 foizlik o‘sishni qayd etdi
  • Oltinko‘l tumanidagi hovlilardan birida ko‘zaga joylab ko‘milgan 4500 donadan ziyod mis tangalar xazinasi topildi.
  • Shavkat Mirziyoyev test sinovlari tizimi eskirganini aytdi
  • Hafta ichida O‘zbekistonda Tojikiston madaniyat kunlari va qo‘shni davlat sanoat mahsulotlarining O‘zbekistondagi birinchi ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston Kosonsoy suv omboridan davlatlararo foydalanishga kelishib oldi
  • Xalqaro valuta jamg‘armasi 2018 yilda O‘zbekiston so‘mi 12,7 foizlik inflatsiyaga uchrashi mumkinligini prognoz qilmoqda

 

  • O‘zbekistonda ishsizlar jamoat ishlariga jalb etilib, ularga maosh tayinlanishi HAFTA YaNGILIGI sifatida qayd etildi

Dasturda odatdagidek, «Hafta iqtibosi», «Hafta qahramoni», «Hafta antiqahramoni», «Hafta topilmasi» nominatsiyalari bo‘yicha fikr yuritilgan. Ko‘rsatuv so‘ngida har doimgidek, qisqacha futbol xabarlariga o‘rin ajratilgan.

«7 KUN» teleloyihasini Youtube videoportalidagi kanalimiz orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: