«O‘zbekiston kelajakda sarmoyadorlar «poytaxti»ga aylanishi mumkin»

O‘zbekiston 13:00 / 15.10.2017 27332

Joriy yilning o‘zida O‘zbekiston iqtisodiyotida tubdan islohotlarni o‘tkazish uchun asosiy sharoitlar yetildi. 19 sentabr kuni BMT Bosh assambleyasi minbaridan turib prezident Shavkat Mirziyoyev «​mamlakatda qisqa davrda katta iqtisodiy islohotlarga qo‘l urganini, jumladan, valyuta erkin konvertatsiyasiga o‘tilgani, tadbirkorlar huquqlarini har tomonlama himoya qilish bo‘yicha biznes-ombusdman instituti paydo bo‘lgani, davlatning iqtisodiyotdagi rolini pasaytirish, sud-huquq tizimidagi islohotlarni»​ sanab o‘tdi.

Emirates​ 24/7 nashrining yozishicha, aynan mamlakat rahbari ta'kidlagan islohot jarayonlari xorijiy sarmoyadorlar mamlakatga faol kirib kelishiga zamin yaratmoqda. Ayniqsa, prezident tomonidan kredit va investitsiya loyihalariga e'tibor qaratilishi Yaqin Sharqda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarni ham O‘zbekistonga e'tibor qaratishga undaydi.

Qolaversa, respublika bo‘ylab, erkin iqtisodiy hududlarning tashkil etilishi hamda soliq imtiyozlari xorijiy sarmoyadorlarni mamlakatda yaratilgan sharoitga qiziqtirishning eng samarali usuli hisoblanadi.

«Yangi islohotchi hukumat xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy bo‘lishiga ishonadi. Bunday muhim qaror va o‘zgarishlar shubhasiz, O‘zbekistonni kelajakda sarmoyadorlar «poytaxti»ga aylantirishi mumkin», deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: