Yunusobod tumanida turmush o‘rtog‘iga tan-jarohati yetkazgan shaxs sudlanadi

Jamiyat 10:30 / 15.10.2017 9300

Toshkent shahar Yunusobod tuman IIB profilaktika inspektorlari tomonidan turmush o‘rtog‘iga tan-jarohati yetkazgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Yunusobod tumanida 25 sentabr kuni soat 00.15da, Yunusobod 17-3-uyda yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan N.D. o‘zaro janjal oqibatida, turmush o‘rtog‘i, Yunusobod 8-19-uyda yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan, uy bekasi I.X.ni qo‘llari bilan yuziga va boshiga urib, tan jarohati yetkazganligi aniqlandi va u qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB tomonidan fuqaro N.D.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 105-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Shuningdek, Yunusobod tuman IIB profilaktika inspektorlari tomonidan ma'muriy nazorat qoidalarini buzgan shaxs qo‘lga olingan.

Yunusobod tumanida 11 oktabr kuni, 1983 yilda tug‘ilgan, muqaddam 2016 yilda O‘zbekiston Respublikasi JKning 226 m., 169 m. bilan sudlangan, Mashinasozlar ko‘chasi 1-uyda yashovchi A.R.ga nisbatan joriy yilning 14 avgust kuni Yunusobod tumani sudi tomonidan ma'muriy nazorat o‘rnatilgan bo‘lib, o‘ziga kerakli xulosa chiqarmasdan, 23 sentabr kuni yashash manzili bo‘yicha tekshirilganda, o‘z uyida sababsiz bo‘lmasdan, ma'muriy nazorat qoidalarini buzgani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB tomonidan fuqaro A.R.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 226-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ko‘proq yangiliklar: