Turkmaniston​da O‘zbekiston madaniyat kunlari o‘tkaziladi

O‘zbekiston 18:20 / 15.10.2017 6775

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov navbatdagi hukumat yig‘ilishini o‘tkazdi va unda mamlakat ichki siyosatiga doir muhim masalalar ko‘rib chiqildi, deb xabar beradi hukumat rasmiy manbasi.

Yig‘ilish kun tartibida joriy yilning 13-15 noyabr kunlari Turkmanistonda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan O‘zbekiston madaniyat kunlariga tayyorgarlik masalasi ham muhokama etildi.

Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari A. Garajayev mazkur madaniy tadbirni o‘tkazishda mas'ul vakil etib belgilangan.

Ashxobod va Toshhovuz shaharlarida o‘tkazilishi kutilayotgan O‘zbekiston madaniyat kunlari davomida kinofilmlar namoyishi, fotoko‘rgazma, uchrashuv va konsertlar tashkil etiladi.

Ko‘proq yangiliklar: