Shimoliy Koreya o‘z xalqi kelajagiga raxna soluvchi istalgan dushmanni yakson qilishini aytdi

Jahon 09:10 / 15.10.2017 18204

Shimoliy Koreya parlamenti raisi o‘rinbosari An Don Chxun Shimoliy Koreya o‘z xalqi kelajagiga tahdid soluvchi istalgan dushmanni yo‘q qilishni oldiga maqsad qilib qo‘yganini aytdi.

"Biz rossiyalik bolalar va qizlarning Parlamentlararo ittifoqning 137-assambleyasi ochilishi marosimi so‘ngidagi chiqishlarini ko‘rdik. Bizning davlat ham shunday kelajagi bo‘lishini istaydi. Bu tinchlik va farovonlikdir. Bunday tinchlikka erishish uchun bizning kelajakka xalaqit beruvchi barcha dushmanlarni qat'iyan yo‘q qilamiz", deb aytgan jurnalistlarga tadbirlar yakunlangandan so‘ng An Don Chxun. U "Bu bizning istaklarimizdir", deb qo‘shimcha qildi. 

Avvalroq Shimoliy Koreyada AQSh prezidenti Donald Trampning Shimoliy Koreyani yo‘q qilish haqidagi keskin so‘zlari javobsiz qolmasligi aytilgandi. Bu haqda Shimoliy Koreya tashqi ishlar vaziri Li Yen Xo Pxenyanda TASS axborot agentligi jurnalistlari bilan suhbatda aytib o‘tgan.

U "Shimoliy Koreya armiyasi va xalqi "olovli do‘l" yog‘dirish bilan amerikaliklar bilan hisob-kitob qilib qo‘yish kerakligini qat'iyan talab qilayotganini" aytgan. Diplomat shuningdek "Shimoliy Koreya cheksiz kuchga egaligini, AQSh uchun esa tovon to‘lash vaqti kelganini" aytgan.

14 oktabrda Sankt-Peterburgda 173 ta davlat parlamentini birlashtiruvchi, dunyoning eng "keksa" siyosiy tashkilotlaridan biri – Parlamentlararo ittifoqning 137-assambleyasi ochildi. 

Ushbu tashkilot dunyodagi eng nufuzli va katta ta'sirga ega xalqaro parlament tashkilotlaridan biri hisoblanadi. Unga 173 davlat a'zo hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: