Saakashvili barchani Kiyevda o‘tkaziladigan namoyishga chorlamoqda

Jahon 23:33 / 15.10.2017 13734

Ukrainaning "Yangi kuchlar harakati" partiyasi yetakchisi Mixail Saakashvili Xarkovdagi mahalliy xalq oldida chiqish qildi va barchani 17 oktabr kuni Kiyevga chorladi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad - mamlakat hukumatini "yovuzlar"dan tozalash. 

"Keling, 17 oktabr kuni barchaga Ukraina holdan toymagani, bu yerda intellekt borligi, Ukrinada adolat uchun kurashishga qodir insonlar mavjudligi, g‘alaba sari harakat qilish uchun yetarli iroda borligini ko‘rsataylik va oxir-oqibat Ukraina tashqi dushmanni mag‘lub qiladi. Ukraina o‘yin qoidasini o‘zi o‘rnatuvchi Yevropadagi yagona o‘ta qudratli davlatga aylanadi va bu har birimiz uchun munosib hayot bo‘ladi", - dedi Odessa viloyatining sobiq gubernatori va sobiq Gruziya prezidenti. 

U o‘z nutqida bugungi kunda mamlakatda favqulodda iqtisodiy va siyosiy vaziyat hukmronligini qayd etdi. 

"Bizda hukumatga bo‘lgan ishonch 10 foizdan kam, eng talabgor predmetlar inflyatsiyasi haddan ziyod, iqtisodiy o‘sish esa yo‘q", - deydi Saakashvili. U o‘z chiqishi davomida Ukrainaning katta salohiyati haqida so‘zlab, uni ro‘yobga chiqarish uchun Kiyev hukumatidagi "botqoqni tozalash" zarurligini ta'kidlaydi. 

Shuningdek Saakashvili poytaxtdagi namoyishga borish istagida bo‘lganlar uchun avtobus taqdim etishga tayyor ko‘ngillilar borligini ma'lum qilgan. "Keling, birga kurashamiz", - deya chorlagan u. 

Ko‘proq yangiliklar: