Rossiyalik kinoijodkorlar O‘zbekistonda yangi serialni suratga olishni boshladi

Jamiyat 20:40 / 15.10.2017 25020

Rossiyaning NTV telekanali yangi «Yubileynyy vstrechnyy» seriali ustida ish olib bormoqda. Bu haqda O‘zbekistonda Kinematografiyani rivojlantirish markazi​ ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasi orqali xabar bergan.

Suratga olish ishlarida Markaz serial ijodkorlariga aktyorlar kastingini tashkil etish, moddiy-texnik bazani mustahkamlashda yordam ko‘rsatmoqda. 

Serialda bosh rolni Rossiya xalq artisti Vladimir Mashkov ijro etadi. Film rejissyori Karen Oganesyan.

Serial voqealari 1991 yilda, Sobiq Sovet ittifoqining parchalanishi arafasida bo‘lib o‘tadi. O‘rta Osiyoda joylashgan qishloq aholisi mamlakatda bo‘lib o‘tayotgan voqealarni eshitib, hayratga tushishadi. Bu vaziyatda qurollangan guruhlar chegaralarni buzib o‘tib, hududdagi vaziyatni izdan chiqarmoqchi bo‘lishadi.

Serial voqealari insoniylik, mehr-shavqat, nafrat va jaholatga qarshi turish, vatanga muhabbat, musiqaning kuchi, insonlarni yaxshilik sari boshlashi haqida so‘zlaydi.

Ko‘proq yangiliklar: