NASA Rossiya va Qozog‘iston chegarasiga ikkita meteorit tushishi mumkinligini ma'lum qildi

Jahon 09:28 / 15.10.2017 21923

NASA koinot agentligi olimlari 16 oktabrdan 17 oktabrga o‘tar kechasi Rossiya va Qozog‘iston chegarasiga ikkita meteorit tushishi mumkinligini ma'lum qilishdi. Meteoritlarning ikkisi ham kichik o‘lchamli bo‘lib, aholi punktlari ustiga tushmasligi taxmin qilinmoqda.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, birinchi meteorit MS26-45 16 oktabrda Yerning gravitatsion maydoniga kiradi. Agar u atmosferaning yuqori qatlamlarida yonib ulgurmasa, unda Rossiya hududiga tushadi. Bu meteoritning bo‘laklari Qozog‘istonga tushishi ehtimoli bor. Rossiyalik mutaxassislar bu ma'lumotning haqqoniyligini hali tasdiqlashmadi. Amerikaliklar meteoritlar yer sirtiga yetib borsa ham vahima qilishga sabab yo‘qligini aytishmoqda, chunki samo jismlari odamlar yashamaydigan hududlarga tushadi.

Ko‘proq yangiliklar: