KXDR: AQShning xatti-harakatlari yadro urushiga sabab bo‘lishi mumkin

Jahon 14:20 / 15.10.2017 14769

AQSh ma'muriyatida bildirilayotgan bayonotlar Koreya yarim oroli hududidagi vaziyatni keskinlashtirmoqda. Pxenyan shunday hisoblamoqda, deyiladi Koreya markaziy telegraf agentligida. 

"AQSh prezidenti Donald Trampning jangovor va tahlikali bayonotlari Koreya yarim orolida yadro urushini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan favqulodda xavfli vaziyatni yuzaga keltirmoqda", - deya ta'kidlanadi manbada. 

Bu Amerika hukumatining bayonotlariga bildirilgan javobdir. Bundan avval Pentagon taktik yadroviy zaryadlarni qo‘llab, Shimoliy Koreyaning harbiy obektlarini yo‘q qilishi mumkinligi ta'kidlagandi. Shuningdek Vashington Janubiy Koreya bilan birgalikda "misli ko‘rilmagan intensiv manyovrlar"ni o‘tkazishi haqida xabar qilingan. Ular bu amaliyotlarni oktabr oyi o‘rtalariga rejalashtirishgan. 

Pxenyanning fikricha, AQShning bunday xatti-harakatlari yarim orolda "o‘ta xavfli vaziyat"ni keltirib chiqaradi. 

Ko‘proq yangiliklar: