Butunjahon yoshlar va talabalar festivali ochilishida kutilmagan holat yuz berdi

Jamiyat 23:12 / 15.10.2017 31624

15 oktabrda Sochining "Bolshoy" muz saroyida Butunjahon yoshlar va talabalar festivali ochilish marosimida kutilmagan holat yuz berdi. Bir yigit sahnaga chiqib, sevgan qiziga uchinchi marta turmushga chiqish taklifini bildirgan. Qiz oxiri "erib", unga rozilik bergan.

"Men, Vladikavkazdan Goshaman. Gap shundaki, zalda qayerdadir men ikki marta taklif bildirgan qiz o‘tiribdi", deb aytdi qizil kostyumda bo‘lgan yigit.

"Kristina, ko‘ryapsanmi, sen uchun nimalarga qodirman", deb o‘z so‘zini davom ettirgan oshiq. Birozdan keyin sahnaga qizning o‘zi chiqib kelgan. Gosha sevgan qizi sahnaga chiqib kelguncha "Splin" guruhining "Moye serdtse" qo‘shig‘ini kuylab turgan. Yigit yoniga sevgilisi kelgach, uning oldida bir tizzasiga o‘tirib, turmushga chiqish taklifini bildirgan. Qiz bu gal "Ha" deb javob bergan. Tomoshabinlar esa ularni qo‘llab-quvvatlab turishgan.

"U rozi", deb aytgan yigit va yorining qo‘liga uzuk taqib qo‘ygan. Yoshlar sahnani tark etishgach, marosim davom etgan.

XIX Butunjahon yoshlar va talabalar festivalining asosiy voqealari Sochidagi Olimpiya bog‘ida 15-22 oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Ko‘proq yangiliklar: