Havaskor muhandis portativ relsotron qurolini yaratdi

Fan-texnika 19:50 / 15.10.2017 8976

Amerikalik havaskor muhandis o‘z garajida o‘zi o‘qlanuvchi portativ relsotron qurolini yaratdi. Ixtirochining aytishicha, SR-1 deb nomlangan qurol 6x19 mm kalibrli o‘qlar bilan otadi. Relsotron uchta patronga mo‘ljallangan o‘qdon bilan jihozlangan, uning akkumulyatorini quvvatlash uchun 15-30 soniya vaqt ketadi. 

Qurol mis, po‘lat, titan, volfram sterjenlar hamda teflon snaryadlar yordamida plazma bilan o‘q uzadi. Muhandisning aytishicha, relsotron o‘qi elektr energiyasi hisobigagina tezlashmaydi: o‘qqa boshlang‘ich tezlanish pnevmatik tizim yordamida beriladi. Relsotron shurupovyortda qo‘llanadigan 20 voltli akkumulyatorlar hisobiga quvvatlanadi. 

Hozirda bir qator davlatlar, jumladan, AQSh, Rossiya va Xitoy relsotron yaratish ustida ish olib bormoqda.

Ko‘proq yangiliklar: